"Paxtakor" futbol klubi rahbariyati "Dinamo" Moskva faoliyati bilan tanishishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

"Paxtakor" klubi rahbariyati Moskvaning "Dinamo" klubiga tashrif buyurdi.
Klub raisi o'rinbosari Dilshod Karimov va strategik rivojlanish bo'yicha direktor o'rinbosari Avaz Mutalov, shuningdek, "Uzcard" to'lov tizimi va "Innotex" kompaniyalar guruhi rahbariyati birgalikda Moskvaning "Dinamo" futbol klubi akademiyasi va "VTB Arena"ga tashrif buyurishdi. Unda faoliyat yuzasidan tajriba almashib, sportda innovatsiyalarni qo'llash yuzasidan fikrlar almashildi. "Dinamo" akademiyasi samarali ish yuritib kelmoqda va klubning yangi stadioni barcha qulayliklarni muhayyo etgan holda barpo etilgan. Ularning faoliyati haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lib, zarur tajribalarni "Paxtakor" futbol klubi rivojlanishi uchun qo'llash rahbariyat rejasidan o'rin olgan. Akademiyamizning yanada samarali ish yuritishi, zamonaviy texnologiyalarni klub taraqqiyoti uchun tatbiq etishda "Dinamo"dek katta klublar tajribasi asqotishi tabiiy.
Klub rahbariyati futboli rivojlangan davlatlar klublari tajribalarini muntazam o'rganib borishda davom etadi.
Manba: Paxtakor Matbuot xizmati
Bosh sahifaga
162