Evropa ligasi. 10ta jamoa pley-off bosqichiga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Evropa ligasining guruh bosqichi doirasida 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. So'nggi tur oldidan pley-off bosqichiga chiqqan 10ta jamoaning nomi aniq bo'ldi.
"Lion", "Reynjers", "Monako", "Olimpiakos", "Ayntraxt", "Galatasaroy", "Latsio", "Bayer", "Betis" va "Vest Xem" klublari keyingi bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Quyidagi klublar esa Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o'rinni egallab, o'z ishtirokini Evropa ligasida davom ettirishi aniq bo'lgan: "Borussiya Dortmund" va "Sherif".
Evropa ligasi musobaqasi guruhlar bosqichida 3-o'rinni egallab, o'z ishtirokini Konferentsiyalar ligasida davom ettiradigan klublar ham aniqlandi: "Fenerbaxche", "Seltik".
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
159