Pioli va “Milan” yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Stefano Pioli “Milan” bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. “Calcio Mercato” nashri o'z sahifalarida xabar berishicha, bitim 26 noyabr, juma kuni imzolanadi.
Yangi shartnoma 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qilishi kutilmoqda. Piolining maoshi mavsumiga 3,5 million evroni tashkil qiladi. Shuningdek, kelishuv Evropa musobaqalari bilan bog'liq bonus to'lovlarini ham ko'zda tutadi.
Ayni damda “Milan” “Napoli” bilan A seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, “rossonerilar” chorshanba kuni kechqurun “Atletiko” ustidan qozonilgan minimal g'alaba tufayli Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqish uchun kurashmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
158