"MYu" futbolchisi o'z fikrini o'zgartirmaydi. U ketish niyatida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 216

"Manchester Yunayted" futbolchisi Jessi Lingard jamoani tark etishni istaydi. Xabarlarga ko'ra, Lingard Sulsher ketganiga qaramay, klubdan ketishni istaydi.
Bunga futbolchining kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani sabab bo'lmoqda. Sulsher qo'l-ostida Lingard va uning jamoadoshlari bo'lgan van de Bek, Martsial, Bayi hamda Aleks Telles kabi o'yinchilar zahiraga mixlanib qolgandi.
Sulsher tarkibda ko'p rotatsiya qilavermas edi. Hozir esa vaziyat o'zgardi. Jamoa Karrik qo'lida. Ammo Lingardning fikri o'zgarishsiz. Eslatib o'tamiz, Lingard uchun "Vest Xem", "Arsenal" hamda "Brayton" kabi jamoalar qiziqish bildirayotgan edi.
Manba: bbc.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187