Ederson faoliyatini qaysi pozitsiyada boshlaganini aytib berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 182

«Manchester Siti»ning braziliyalik darvozaboni Ederson Moraes futbolchilik faoliyatini qaysi pozitsiyada boshlagani haqida gapirib, maydonda o'ynash va darvoza tomon o'ynash o'rtasidagi farqlarni ham aytib o'tdi.
«Bu qiziqroq - siz tez-tez to'pga tegasiz, gol urasiz, nishonlaysiz.
Men chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushishdan boshlaganman. Hujum qilish oson edi, ammo himoyalanish... Bu muammo edi. Men yugurishga erinardi, va tinchgina darvozaga turishni ma'qul, deb bildim», — dedi braziliyalik o'z hayoti haqidagi hujjatli filmda.
Ederson joriy mavsumda 11 ta o'yinda maydonga tushib, shulardan 7 tasida o'z darvozasidan gol olib chiqmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184