“Vulverxemton” yulduzini sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

“Football Insider” nashri xabariga ko'ra, “Vulverxempton” o'z jamoasi hujumchisi Adama Traoreni sotishga tayyor. Eslatib o'tamiz, futbolchiga “Liverpul” qiziqish bildirmoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, “bo'rilar” allaqachon o'z hujumchisiga o'rinbosar topib bo'lgan. Klub “Leyptsig” hujumchisi Xvan Kxi Channi sotib olishni maqsad qilgan.
Traorening “Vulverxempton” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan va futbolchining narxi 20 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda “bo'rilar” 12 turda 19 ochko jamg'arib, Premer-liga turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226