Mbappe sabab “Real”ning yana bir kelishuvi buzilagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 347

“Get Italian Football News” nashri xabariga ko'ra, “Milan” yozda “Real” bilan Marko Asensio borasida muzokaralar olib borgan. Manbaga ko'ra, Madrid klubi Kilian Mbappe bo'yicha PSJ bilan kelishib olsa, ispaniyalikni qo'yib yuborishga tayyor edi.
Parijliklar o'z hujumchisini qo'yib yubormoqchi bo'lmagani uchun “qaymoqranglilar” Asensioni ham qo'yib yuborishmadi. Oxir-oqibat, ikkala kelishuv ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe 2022 yilning yozida erkin agent maqomini oladi. Yanvar oyidan boshlab futbolchi yangi klubi bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226