Odil Ahmedov 34 yoshga to'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

Bugun o'zbek futbolining yorqin yulduzlaridan biri, milliy terma jamoamizning sobiq futbolchisi Odil Ahmedov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda!
O'zbekistonning 6 karra eng yaxshi futbolchisi, O'zbekiston milliy terma jamoasi safida uzoq yillar davomida barqaror o'yin namoyish etgan tajribali yarimhimoyachimiz o'zining 34 yoshini qarshi olmoqda.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Odil Ahmedovni futbol jamoatchiligi, muxlislar hamda mutaxassislar nomidan tabriklaydi va uning kelgusidagi faoliyatida omad tilaydi!

"Birodar Abduraimov, To'lagan Isoqov, Vladimir Fyodorov, Mixail An, Mirjalol Qosimov... O'zbek futbolida o'z davrida yashil maydonda porlagan ba'zi shaxslarni sanab o'tganda, albatta, o'zbek futbolining yutuqlarida katta hissa qo'shgan, o'zining mehnatkashligi, sarbonligi, ya'ni, o'yinni boshqaruvchanligi bilan ajralib turuvchi Odil Ahmedovning xizmatlarini alohida tilga olmasdan iloji yo'q. Odil bugungi kunda ham o'zbek futboli rivojiga har tomonlama hissa qo'shishda yordam berib kelyapti.
Umringga, rizqingga, yaxshiliklaringga Alloh baraka bersin, Odil. Keyingi faoliyatingda ham kuch-quvvat, oilangga tinchlik xotirjamlik tilayman. Tug'ilgan kuning muborak bo'lsin. Ishonamanki, muvaffaqiyatlaring hali oldinda", — deya yozdi sharhlovchi Murod Rizaev o'zining telegramdagi kanali orqali.

Bosh sahifaga
213