Mbappe EChLda 50ta o'yinda ishtirok etdi va 3-natija qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

24 noyabr, chorshanba kuni Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida «Manchester Siti» — «PSJ» uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda "shaharliklar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Kilian Mbappe uchun mazkur bahs EChL doirasidagi 50-uchrashuv bo'ldi. Frantsiyalik futbolchi kecha 22 yoshu 339 kunlik edi.
Bu borada rekord darvozabon Iker Kasilyasga tegishli bo'lib, u dastlabki 50ta o'yinda ishtirok etganida 22 yoshu 155 kunlik edi. Ikkinchi natija esa Sesk Fabregasga tegishli — 22 yoshu 331 kun.
Mbappe kechagi bahsda gol muallifiga aylandi. Uning uchun bu gol musobaqa doirasida 29-gol bo'ldi. Shu tariqa, Kilian frantsiyalik futbolchilar orasida David Trezege bilan tenglashgan holda 3-o'ringa ko'tarilib oldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha rekord Karim Benzemaga tegishli — 75 gol. Ikkinchi o'rinda esa Terri Anri — 50.

Bosh sahifaga
229