Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi: "PSJda qirol boshqa"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 209

Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Emmanuel Peti PSJ hujumchisi Kilian Mbappe haqida gapirdi.
"Menimcha, Mbappe ba'zida Messi yoki Neymar kabi e'tirof etilmayotganini his qiladi. Messi bu erga kelishidan oldin "Barselona" qiroli edi. Lekin men uchun "Pari Sen-Jermen" qiroli Messi yoki Neymar emas – Mbappe. Messini hurmat qilgan holda aytaman, Mbappe hamon Parijning asosiy o'yinchisidir", - dedi Peti "Daily Mail" nashriga.
Eslatib o'tamiz, Mbappening frantsuz grandi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. O'tgan mavsumda hujumchi 47 o'yinda 42 gol kiritib, 11 golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228