Chempionlar ligasi pley-off bosqichining 11 ishtirokchisi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 203

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Shu paytgacha, turnirning pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritgan 11ta jamoaning nomi aniq bo'ldi.
"Liverpul", "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" (barchasi - Angliya), "Ayaks" (Niderlandiya), "Bavariya" (Germaniya), "Yuventus" va "Inter" (ikkisi - Italiya), "Real" (Ispaniya), PSJ (Frantsiya) va "Sporting" (Portugaliya) klublari musobaqaning bahorgi bosqichida ishtirok etish huquqini muddatidan avval qo'lga kiritib bo'lishdi.
Nimchorak finalga qur'a tashlash marosimi 13 dekabr kuni bo'lib o'tadi. 1/8 final bahslari 2022 yilning 15-16 fevral va 22-23 fevral kunlari o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313