EChL. "Man Siti" o'z maydonida PSJni taslim qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Manchester Siti" o'z maydonida "Pari Sen-Jermen"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Mezbonlar safida gollarga Rahim Sterling va Gabrieel Jezus mualliflik qilishgan bo'lsa, parijliklar safida yagona javob to'pini Kilian Mbappe kiritdi. Yakuniy hisob – 2:1.
EChL, 5-tur
"A" guruhi
"Manchester Siti" – "PSJ" – 2:1 (0:0,2:1)
Gollar: 50 - Mbappe (0:1), 63 - Sterling (1:1), 76 - Jezus (2:1)
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Diash, Stounz, Kanselo, Gyundogan, Rodri, Zinchenko, Marez, Silva, Sterling.
PSJ – Navas, Hakimi, Kimpembe, Markinos, Mendesh, Geye, Errera, Paredes, Messi, Mbappe, Neymar.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
296