EChL. "Real" safarda "Sherif"ni yirik hisobda engdi. Yaxshiboev maydonga tushmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Evropa Chempionlar ligasida guruh bosqichi 5-tur o'yinlari yakuniga etdi.
"D" guruhining qiziqarli to'qnashuvlaridan biri Moldovaning Tiraspol shahridagi "Sherif" arenada bo'lib o'tdi. Unda maydon egalari "Sherif" Ispaniyadan tashrif buyurgan "Real Madrid"ni qabul qildi va 0:3 hisobidagi yirik mag'lubiyatga uchraydi.
"Qaymoqranglilar" safida gollarni Alaba, Kroos va Benzema kiritdi.
EChL, 5-tur
"D" guruhi
"Sherif" – "Real Madrid" – 0:3 (0:2,0:1)
Gollar: 30 - Alaba (0:1), 45+1 - Kroos (0:2), 56 - Benzema (0:3).
Sherif – Anatasiadis, Kristantu, Dulanto, Arboleda, Kostantsa, Till, Addo, Bruno, Kolovos, Traore, Kastaneda.
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Alaba, Militao, Karvaxal, Modrich, Kazemiro, Kroos, Vinisius, Benzema, Rodrigo.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
299