Rasman! Mikael Sekeyra "Lokomotiv" bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Ushbu mavsum "temiryo'lchilar"ni boshqargan Mikael Sekeyra "Lokomotiv" PFK bilan o'zaro kelishgan holda jamoani tark etdi.
Portugaliyalik mutaxassis bugun tunda o'z yurtiga uchib ketadi. Ushbu mavsum jamoamizni boshqargan Mikael Sekeyra vataniga ketish oldidan jamoa a'zolarini bir joyga yig'ib, klub rahbariyati, murabbiylar shtabi hamda futbolchilarga minnatdorchilik bildirdi.
O'z navbatida klubimiz rahbariyati ham portugaliyalik murabbiy sha'niga iliq fikrlar aytib, yakuniga etayotgan mavsum uchun tashakkur izhor qildi. "Lokomotiv" PFK Mikael Sekeyraga o'zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi hamda murabbiyning keyingi faoliyatiga omad tilaydi.
Manba: Lokomotiv klubi matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
299