O'zPFL direktori Diyor Imomxo'jaev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqandda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

O'zbekiston Professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxo'jaev boshchiligidagi ishchi guruh bugun, 24 noyabr kuni Samarqand shahriga keldi.
Tashrifdan maqsad O'zbekiston kubogi finali oldidan mezbon o'yingoh «Dinamo» stadioni holati bilan tanishish va final kuni o'yingohni shay holatga keltirish masalalari bo'ldi. PFL direktori bilan birga Samarqand viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Server Osmanov, «Dinamo» PFK boshlig'i Uchqun Qobilov, o'yingoh rahbari Rashid Rahimov o'yingohni finalga tayyorlash masalasini muhokama qilishdi.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston kubogining final uchrashuvi 4 dekabr kuni Samarqand shahrida soat 16:00da start oladi. Unda "Nasaf" va "Paxtakor" klublari bosh sovrin uchun maydonga chiqishadi.
O'zbekiston Superkubogi bahsi ham yil boshida «Dinamo» stadionida o'tkazilgandi.

Bosh sahifaga
261