«Chelsi» etakchisi yozda jamoani tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1329

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Le10Sport xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi xizmatlariga “Real”, “Yuventus” va PSJ klublari qiziqayotgani sababli, Kante jamoasini o'zgartirish haqida o'ylab qolgan.
Eslatib o'tamiz, Kante “Chelsi” safida 2016 yildan buyon to'p surib keladi. U jami 132ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan. Uning “ko'klar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
128