Xavi: «Barsa» Myunxenda «Bavariya»ni mag'lub etishi mumkin»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoaning "Bavariya" bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozonish imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Jamoaning "Benfika"ga qarshi o'yini menga optimizm berdi. Agar shunday o'ynasak, hamma bilan raqobatlasha olamiz.
Bu o'yinni hisobga olsak, Myunxenda g'alaba qozonishimiz mumkin. Bu hali ham o'zimizga bog'liq, bu yaxshi yangilik", - dedi murabbiy.
"Bavariya" allaqachon birinchi o'rinni olib pley-offga chiqqan. "Barselona" 7 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinda bormoqda. Kievning "Dinamo"si bilan o'z maydonida o'ynaydigan "Benfika" hisobida 5 ochko bor, 1 ochkoga ega kievliklarning hech narsaga da'vosi yo'q.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247