«Tottenxem» himoyachising jarohati jiddiy bo'lib chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

«Tottenxem» bosh murabbiyi Antonio Konte «shporlar» himoyachisi Kristian Romeroning jarohati kutilganidan jiddiyroq ekanligini aytdi.
«Biz yana bir so'rov natijalarini kutmoqdamiz. Rostini aytsam, uning jarohati biz o'ylagandan ham jiddiyroq edi, shuning uchun kutishimiz kerak. Endi uning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishini bilmayman.
Romeroning jarohati Lo Chelsonikidan jiddiyroq. Navbatdagi tekshiruv natijalarini kutish kerak, shundan so'ng shifokorlar Kristianning qancha muddatga tarkibga aytishi haqida batafsilroq ma'lumot berishlari mumkin», — dedi Konte Sky Sports telekanalida.
2021/22 yilgi mavsumda Romero «Tottenxem» safida 13 ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272