"MYu" bosh murabbiyi Fredning o'yinidan mamnun
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

"MYu"da vaqtinchalik murabbiylik qilayotgan Maykl Karrik "Vilyarreal"ga qarshi bahsdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi. U shunday dedi:
"Agar uzoq yillik tariximizga qarasangiz, jamoamiz pressingga asoslangan o'yinni yaxshi ko'rgan. Ba'zida bu ish bermasdi, ammo niyat raqibni pressingda ushlash bo'lar edi. So'nggi yillarda biz uslubiyatimizni o'zgartirishga majbur bo'lmoqdamiz. Bugungi o'yinda ham o'zgacha harakat qilishga urindik. Tarkibda Fred o'z ishini yaxshi bajardi. U birinchi golda katta rol o'ynadi. Himoyada ham yomon harakat qilmadik. Barcha o'z o'yinini ko'rsatdi. Yigitlardan mamnunman".
"MYu" kecha safarda 2-0 hisobida g'alaba qozondi va EChL pley-off bosqichiga yo'l oldi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236