O'FAda “Enda Tour” kompaniyasi vakili bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Bugun O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va Enda Tour kompaniyasi vakili Abduhamid Hamidov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda terma jamoalar hamda klublar uchun o'quv yig'inlar va o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilish bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizning oldida turgan nufuzli musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rish lozimligi, bu borada etakchi jamoalar bilan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish muhim ekanligi ta'kidlandi. Mamlakatimiz va xorijda musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish masalasida fikr almashildi.
“Enda Tour”ning ko'plab terma jamoalar va etakchi klublar bilan hamkorlik qilishi, turnirlar masalasida etarlicha tajribaga ega kompaniya ekanligi qayd etilib, o'zining doimiy hamkor davlatlaridagi jamoalarga mahalliy murabbiy va mutaxassislarimizni jalb etish, o'quv-almashinuv dasturlarini tatbiq etish masalasida suhbatlashildi.
Mazkur hamkorlikdan, shuningdek, o'zbekistonlik hakamlarning xalqaro maydonlarda tajribasini yanada oshirishlari uchun xorijiy chempionat va musobaqalarda ishlashlarini tashkil etishga ko'maklashish masalasi ham joy olishi ko'zda tutilmoqda.

Bosh sahifaga
280