EChL. "Bavariya" Kievdan g'alaba bilan qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Evropa Chempionlar ligasida guruh bosqichi 5-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
"E" guruhidan o'rin olgan navbatdagi bahsda "Bavariya" Kievda "Dinamo" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
O'yindagi myunxenliklarning gollariga Robert Levandovski va Kingsli Koman mualliflik qilishgan bo'lsa, mezbonlarning yagona javob to'pini Garmash kiritdi.
EChL, 5-tur
"E" guruhi
"Dinamo Kiev" – "Bavariya" – 1:2 (0:2,1:0)
Gollar: 14 - Levandovski (0:1), 42 - Koman (0:2), 70 - Garmash (1:2)
Dinamo K – Bushan, Mikolenko, Sirota, Zabarniiy, Kendzera (Karavaev, 76), Shaparenko, Sidorchuk, de Pena (Garmash, 46), Buyalskiy, Tsiigankov, Shkurin (Vitinyu, 46)
Bavariya – Noyer, Deyvis, Ernandez (Sarr, 48), Nyanzu (Tilman, 85), Pavar, Goretska, Tolisso, Sane (Richards, 88), Myuller, Koman (Roka, 67), Levandovski
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
282