MYu vaqtinchalik murabbiy lavozimiga kutilmagan variant topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 354

"Manchester Yunayted" Ernesto Valverde bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazdi. Ispaniyalik mutaxassis jamoa vaqtinchalik bosh murabbiyligiga da'vogarlardan biri, deya xabar beradi Britaniyaning "The Guardian" nashri.
Valverde “Barselona”ni 2017 yilning mayidan 2020 yilning yanvarigacha boshqargan va ikki marta Ispaniya chempionati va bir marta Ispaniya kubogi sohibi bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, 21 noyabr kuni norvegiyalik mutaxassis Ole-Gunnar Sulsher “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligidan ozod qilingan edi. Jamoa uning o'rniga bir qator murabbiylarning variantlarini o'rganib chiqmoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236