"Paxtakor" 28 noyabr kuni Rossiya blogerlaridan iborat "Amkal" jamoasi bilan o'ynaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

28 noyabr kuni muxlislarni "Paxtakor" stadionida futbol shousi kutmoqda.
Shu kuni Rossiyada blogerlardan iborat jamoa sifatida tashkil etilgan "Amkal" jamoasi "Paxtakor" mehmoni bo'ladi. Mazkur bahs Toshkent shahar hokimligi tomonidan o'tkazilayotgan "Yoshlar oyligi" doirasida tashkil etilmoqda. "Amkal" jamoasiga qarshi yoshlar jamoamiz futbolchilari bahs olib borishadi.
Bellashuv 28 noyabr, yakshanba kuni soat 15:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. Barcha muxlislarni ushbu futbol shousiga taklif etamiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263