“Borussiya Dortmund” Holandga katta maosh taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Kelgusi yozda Erling Xolandni 75 million evro evaziga boshqa jamoa safiga o'tishi mumkin. Bu band iste'dodli hujumchining “Borussiya” bilan amaldagi shartnomasida ko'rsatilgan. Ko'plab top-klublar norvegiyalik bilan shartnoma imzolashga harakat qilmoqda, ammo “asalarilar” futbolchini o'z saflarida saqlab qolish umidini yo'qotmayapti.
Germaniyaning “Sky” nashri xabariga ko'ra, Dortmund klubi Xolandning maoshini ikki barobarga oshirishga tayyor. Bu esa mavsum uchun 16-18 million evroni bildiradi. Kelishuv doirasida “Borussiya” hujumchining shartnomasidagi sotish variantini bir yilga kechiktirmoqchi.
2021/2022 yilgi mavsumda 21 yoshli Erling Xoland “Borussiya” tarkibida 10 ta o'yin o'tkazdi. Ushbu uchrashuvlar doirasida hujumchi 13 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
236