“Dinamo K”ga qarshi o'yinda “Bavariya”ning 10 nafar futbolchisi jamoaga yordam bermaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Myunxenning “Bavariya” klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi Kievning «Dinamo» jamoasiga qarshi o'yin uchun tarkibda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda.
“Nemis mashinasi” Ukraina poytaxtiga asosiy tarkibning sakkiz nafar futbolchini olib bormasligi mumkin. Shuningdek, yana ikkita futbolchi qatnashishi so'roq ostida. Jamoaga quyidagilar yordam bermaydi:
Himoyachi Dayo Upamekano sariq kartochkalarni ko'payib ketganligi uchun diskvalifikatsiya qilindi. Qolaversa, Niklas Zyule va Yosip Stanishich Covid-19 sabab qatnasha olmaydi. Shuningdek, Yosua Kimmix, Serj Gnabri, Erik Chupo-Moting, Jamal Musiala va Mikael Kyuysans kabi futbolchilarda jarohat mavjud.
Bu futbolchilardan tashqari, kichik jarohatlari bor Kingsli Koman va Marsel Zabitserning ham o'ynashi noma'lum.

Bosh sahifaga
272