Maxsus Olimpiadada vakillarimizning zafarli ishtiroki davom etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1729
Xabar berganimizdek, ayni kunlarda BAAning Abu-Dabi shahrida aqliy rivojlanishi sust bo'lgan insonlar o'rtasida Butunjahon maxsus yozgi Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Mazkur turnirda O'zbekiston delegatsiya ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Kechagi bellashuvlar bo'yicha terma jamoamizning quyidagi sportchilari shohsupaga ko'tarilishdi:
Dmitriy Nesterenko (suzish) – 1ta oltin
Dmitriy Korshunov (engil atletika) – 1ta oltin
Mariya Loginova (badminton) – 1ta kumush
Valeriy Novichkov (engil atletika) 1ta bronza.
Ta'kidlash joiz, vakillarimiz ayni paytgacha 9 ta oltin, 6 ta kumush va 12 ta bronza medallarini jamg'arishgan.
23 atletdan iborat delegatsiyamiz sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, dzyudo, suzish, badminton, stol tennisi, engil atletika kabi sport turlarida o'z omadini sinab ko'rishmoqda. Delegatsiyaga O'zbekiston MOQ prezidenti maslahatchisi, «O'zbekiston maxsus Olimpiadasi» Respublika jamoat birlashmasi raisi o'rinbosari Iskandar Shodiev rahbarlik qilmoqda.
Musobaqa 21 martga qadar davom etadi.