“Lill” futbolchisiga A seriya klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

“Lill” yarimhimoyachisi Jonatan Ikone faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Janluka di Martsio xabariga ko'ra, “Fiorentina” 23 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Ma'lum qilinishicha, “binafshalar” “Sassuolo”dan Domeniko Berardini qo'lga kirita olmasa, qishki transfer oynasida frantsuz klubi yarimhimoyachisini sotib olishadi.
Qayd etilishicha, Ikonening o'zi “Fiorentina”ga o'tishga qarshi emas.
Frantsiya Liga 1 musobaqasining joriy mavsumida Ikone 14 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239