Konte “Roma” futbolchisini “Tottenxem”da ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Italiyalik yarimhimoyachi Nikolo Zanolo “Roma”ni tark etishi mumkin. “Todofichajes” nashri xabariga ko'ra, uning xizmatlariga Londonning “Tottenxem” klubi qiziqish bildirmoqda.
Nashrning qo'shimcha qilishicha, londonliklar yangi bosh murabbiy Antonio Konte kelishuv tashabbuskori hisoblanadi. Mutaxassis Zanoloning o'yiniga qoyil qoladi va o'tgan yili futbolchinii Milanning “Inter” klubida ishlagan vaqtida o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgandi.
Transfermarkt nashri xabariga ko'ra, Nikolaning narxi 40 million evroga baholangan. 22 yoshli yarimhimoyachining rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226