“Real” Pogba o'rniga A seriya klubidan futbolchi sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

“Real” rahbariyati jamoaning yarimhimoya chizig'ini kuchaytirish bo'yicha ishlar olib bormoqda. “Todofichajes” nashri xabariga ko'ra, "Latsio"ning serbiyalik yarimhimoyachisi Sergey Milinkovich-Savich “qirollik klubi” qiziqishlari doirasiga tushgan.
“Qaymoqranglilar” transferi so'roq ostida bo'lgan Pol Pogbaga muqobil sifatida Sergey nomzodini ko'rib chiqmoqda. Frantsiyalik futbolchi hali “Manchester Yunayted”dagi kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yo'q.
Transfermarkt portali 26 yoshli serbning narxi 70 million evroga baholagan. Yarimhimoyachining italyan klubi bilan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238