Jerrard "Aston Villa"dagi faxriy futbolchi harakatlaridan mamnun
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"Aston Villa" bosh murabbiyi Stiven Jerrard jamoa futbolchisi Eshli Yang haqida fikr bildirdi. U faxriy futbolchini maqtadi:
"Men Eshlini juda ham yaxshi bilaman. U qaysi jamoani eshigidan kirmasin, faqat foydali bo'lib kelgan. Nafaqat mashg'ulotlar maydonida, balki maydondan tashqarida ham. Biz murabbiylar u kabi futbolchi borligidan quvonamiz. Chunki Esh kabi yigitlar jamoani boshqarishni osonlashtirishadi. Eng asosiysi u istalgan joyda, o'ngda yoki chapda o'ynay oladi. Bu esa jamoa uchun juda muhim".
36 yoshli Yang "Villa"da ikkinchi yilini o'tkazmoqda. U "Brayton" ustidan g'alaba qozonilgan kechada, assist muallifiga aylangan edi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207