Allegri: "Lukakusiz "Chelsi" tezroq va boshqacha himoyalanadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Chelsi"ga qarshi o'yindan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Ertaga Premer-liganing peshqadami va Chempionlar ligasi g'olibi bilan guruhda birinchi o'rin uchun o'ynaymiz. Lukakusiz ular ko'proq qarshi hujumda o'ynashadi. Romelu - ajoyib hujumchi.
Dibala? Paulo necha daqiqa o'ynashini bilmayman, lekin u mashg'ulot o'tkazmoqda va o'yinga tayyor. Morata yoki Kin? Ehtimol, har biri 45 daqiqaga ega bo'lishar. Vaziyatlardan foydalanishni yaxshilashimiz kerak, biz yaxshi imkoniyatlar yaratamiz, lekin ko'pincha oxirgi nuqtani qo'yishda xato qilamiz", - deya Allegrining so'zlaridan iqtibos keltiradi "Football Italia" nashri.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207