Zidanning murabbiylikka qaytish istagi yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Italiyalik mashhur insayder Fabritso Romanoning xabar berishicha, frantsiyalik sobiq "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan murabbiylikka qaytishga shoshilmoqchi emas.
"Manchester Yunayted" bir necha haftadan buyon Zidan atrofdagi vaziyatni kuzatib kelmoqda. "Qizil iblislar" uni yaqinda iste'foga chiqarilgan Ole-Gunnar Sulsher o'rniga munosib nomzod deb hisoblashadi. Ammo, frantsuz hozirda murabbiylikka qaytishni istamayapti – na "Old Trafford"ga, na boshqa joyga", – deya yozdi Romano.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta "Uotford"ga uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng Ole-Gunnar Sulsher mankunianliklar boshqaruvidan ketgan edi. Hozirda MYuni Maykl Kerrik boshqarib turibdi.
Manba: Soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201