"Arsenal" ikki futbolchisi sotuvidan jami 40 million funt ishlashni reja qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

"Arsenal" qishki transferlar oynasida ikki futbolchisini sotib, mumaygina pul ishlashni rejalashtirmoqda. Xabarlarga ko'ra, klub qishda Lukas Torreyra hamda Nikolya Pepelarni sotuvga qo'yadi.
Torreyra hozirda ijara asosida "Fiorentina"da harakat qilmoqda. Florensiyaliklar uni 15 million funtga sotib olishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Pepe esa 25 million funtga istalgan klub uchun sotilishi mumkin.
Unga hozirda "Milan" jiddiy ravishda qaramoqda. Shunday qilib, Mikel Arteta qishda 40 million funt ishlab, uni yangi o'yinchilarga sarf etmoqchi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205