Mourino va'dasinig ustidan chiqdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning 18 yoshli hujumchisi Feliks Afana-Gyanga qimmatbaho krossovka sovg'a qildi.
Ganalik futbolchi A seriyaning 13-turi doirasida bo'lib o'tgan "Jenoa"ga qarshi bahsda Shomurodovning o'rniga zaxiradan maydonga tushib, 2ta gol muallifiga aylandi va jamoasiga g'alaba keltirdi. Mourinoning aytishicha, u yosh futbolchini maydonga tushirishdan avval, agar bugun o'zini ko'rsatsa, unga 800 evrolik oyoq kiyim sovg'a qilishini aytgan. Portugaliyalik mutaxassis va'dasining ustidan chiqdi va Feliksga sovg'ani xarid qilib berdi.
"Janob, sizdan minnatdorman! Mendan faxrlanishingiz uchun qo'limdan kelgan hamma ishni qilaman", — deya yozdi futbolchi instagramga qo'ygan videosining ostiga.

Bosh sahifaga
222