Messi: "Bunga ishonchim komil"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

PSJ hujumchisi Lionel Messi Xavining "Barselona"ga bosh murabbiy sifatida qaytishi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Ishonchim komilki, Xavi “Barsa”ga yordam beradi. Klub u tufayli yaxshiroq bo'ladi - Xavi qiyin vaziyatlarda qanday harakat qilishni va jamoani yaxshi biladigan murabbiy. Bu ajoyib tanlov”, - deya Messining so'zlaridan iqtibos keltirgan "Marca" nashri.
Eslatib o'tamiz, Xavi Ronald Kuman jamoa bosh murabbiyligida ketgandan so'ng kataloniyaliklarni boshqarib kelmoqda. Sobiq futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan debyut o'yinida "Espanol"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. 41 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247