FIFA «The Best» sovriniga da'vogar darvozabonlar ro'yxatini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 211

FIFA 2021 yilda «The Best» sovriniga da'vogarlik qiladigan darvozabonlarning kengaytirilgan ro'yxatini e'lon qildi. Undan 5 nafar posbon joy oldi:
Alisson Beker («Liverpul»)
Janluidji Donnarumma («Milan"/"PSJ»)
Eduar Mendi («Chelsi»)
Manuel Noyer («Bavariya»)
Kasper Shmeyxel («Lester»).
Ushbu nomzodlarni quyidagi ekspertlar yakuniy ro'yxatga kiritishdi: Ali al-Habsiy (Ummon), Xared Borxetti (Meksika), Tim Keyxill (Avstraliya), Jeremi Njitap (Kamerun), Julio Sezar (Braziliya), Yurgen Klinsmann (Germaniya), Aleksi Lalas (AQSh), Xaver Maskerano (Argentina), Rayan Nelsen (Yangi Zelandiya) va David Trezege (Frantsiya).
G'olib nomi 22 noyabr - 10 dekabr kunlari o'tkaziladigan so'rovnoma yordamida aniqlanadi. "The Best" sovrinini topshirish marosimi 2022 yilning 17 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
246