O'zbekistonning 12ta klubi OFK litsenziyasiga ega bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti 2022 yilgi Osiyo chempionlar ligasi musobaqasi uchun litsenziya olgan klublar ro'yxatini e'lon qildi. O'zbekistonning 12ta jamoasi ushbu litsenziyaga ega bo'lishdi. Ular:
"Paxtakor"
"Neftchi"
"Bunyodkor"
"Buxoro"
"AGMK"
"Qizilqum"
"So'g'diyona"
"Nasaf"
"Lokomotiv"
"Turon"
"Dinamo"
"Metallurg".
Ya'ni, mamlakatning joriy yildagi chempioni "Paxtakor" va OChLda ishtirok etishga da'vogarlik qilayotgan boshqa klublar (AGMK, "Nasaf", "So'g'diyona" va "Bunyodkor") litsenziyani qo'lga kiritishdi.
Tojikistonning birorta klubi litsenziya uchun hujjat topshirmagan. Shuning uchun ular kelasi mavsumda OChL va OFK kubogida ishtirok eta olishmaydi. Ularga tegishli bitta o'rin Eronga beriladi.

Bosh sahifaga
243