FIFA «The Best» sovriniga da'vogar murabbiylar ro'yxatini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217

FIFA 2021 yilda «The Best» sovriniga da'vogarlik qiladigan murabbiylarning kengaytirilgan ro'yxatini e'lon qildi. Undan 7 nafar mutaxassis joy oldi:
Antonio Konte ("Inter", «Tottenxem»)
Xans-Diter Flik ("Bavariya", Germaniya terma jamoasi)
Pep Gvardiola («Manchester Siti»)
Roberto Manchini (Italiya terma jamoasi)
Lionel Skaloni (Argentina terma jamoasi)
Diego Simeone («Atletiko»)
Tomas Tuxel («Chelsi»).
Ushbu nomzodlarni quyidagi ekspertlar yakuniy ro'yxatga kiritishdi: Ali al-Habsiy (Ummon), Xared Borxetti (Meksika), Tim Keyxill (Avstraliya), Jeremi Njitap (Kamerun), Julio Sezar (Braziliya), Yurgen Klinsmann (Germaniya), Aleksi Lalas (AQSh), Xaver Maskerano (Argentina), Rayan Nelsen (Yangi Zelandiya) va David Trezege (Frantsiya).
G'olib nomi 22 noyabr - 10 dekabr kunlari o'tkaziladigan so'rovnoma yordamida aniqlanadi. "The Best" sovrinini topshirish marosimi 2022 yilning 17 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
246