FIFA «The Best» sovriniga da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 215

FIFA 2021 yilda «The Best» sovriniga da'vogarlik qiladigan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatini e'lon qildi. Undan 11 nafar o'yinchi joy oldi:
Karim Benzema («Real»);
Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»);
Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted»);
Erling Xoland («Borussiya» D);
Jorjino («Chelsi»);
N'Golo Kante («Chelsi»);
Robert Levandovski («Bavariya»);
Kilian Mbappe («PSJ»);
Lionel Messi («PSJ»);
Neymar («PSJ»);
Muhammad Saloh («Liverpul»).
Ushbu futbolchilarni quyidagi ekspertlar yakuniy ro'yxatga kiritishdi: Ali al-Habsiy (Ummon), Xared Borxetti (Meksika), Tim Keyxill (Avstraliya), Jeremi Njitap (Kamerun), Julio Sezar (Braziliya), Yurgen Klinsmann (Germaniya), Aleksi Lalas (AQSh), Xaver Maskerano (Argentina), Rayan Nelsen (Yangi Zelandiya) va David Trezege (Frantsiya).
G'olib nomi 22 noyabr - 10 dekabr kunlari o'tkaziladigan so'rovnoma yordamida aniqlanadi. "The Best" sovrinini topshirish marosimi 2022 yilning 17 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
245