Dostonbek Tursunovning jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Dostonbek Tursunov Gruziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik payti jarohat olgandi. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi uni davolash uchun Italiyaning mashhur jarrohlaridan biri Paolo Marianini jalb etgani haqida xabar berib o'tgandik.
Futbolchimiz Italiya poytaxti Rimda “Villa Stuart” klinikasida professor Mariani tomonidan operatsiya qilindi. Ma'lum bo'lishicha, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va ayni paytda himoyachimiz o'zini yaxshi his qilmoqda.
Manba: Telegram.me/FAUzbekistanFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210