Xavi: “Bu xabar notog'ri”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

Xavi “As-Sadd” futbolchilarining transferini rad etdi. Avvalroq, hujumchi Bog'dod Buneja transferiga tayyorgarlik haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Xavi hujumchini hurmat qiladi, ammo “Barselona” mazkur xaridni amalga oshirmaydi.
“Biz Buneja bilan shartnoma imzolayapmizmi? U noodatiy va yuqori saviyali futbolchi, ammo bizda Bog'dodga qiziqish bo'lgani yo'q. Bu xabar qaerdan kelganini ham bilmayman. Men “As-Sadd” futbolchilariga Kataloniyaga olib kelishni xohlamayman”, - dedi Xavi.
Ayni damda “Barselona”da hujumda jiddiy muammolar bor. Aguero faoliyatini yakunlash xavfi bor, Breytveyt jarohat olgan, De Yong esa murabbiyning kontseptsiyasiga to'g'ri kelmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200