«Real» klubi frantsiyalik himoyachi uchun 40 million evro to'lashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Madridning «Real» klubi «Lester»ning frantsiyalik himoyachisi Uesli Fofanaga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi El Nacional.
Manbaning xabariga ko'ra, qirollik klubi futbolchini qishki transfer oynasida sotib olmoqchi va u uchun 40 million evro to'lashga tayyor. Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi ayni damda jarohatidan forig' bo'lib, joriy mavsumda hali biror o'yinda maydonga tushmagan.
O'tgan mavsumda 20 yoshli Fofana «Lester» safida barcha musobaqalarda 42 o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224