Manjukich Xorvatiya terma jamoasi murabbiylar shtabiga ishga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Xorvatiya futbol ittifoqi matbuot xizmati Mario Manjukich Xorvatiya terma jamoasi murabbiylar shtabiga ishga kirganini e'lon qildi.
Eslatib o'tamiz, Mario Manjukich sentyabrda futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi. Futbolchi sifatida xorvat asosan “Yuventus”, “Atletiko” va “Bavariya”dagi o'yinlari bilan tanilgan.
Zlatko Dalich murabbiylar shtabiga Mario Manjukich Ivitsa Olich, Vedran Chorluka va boshqa mutaxassislarni qo'shdi.
Ma'lumot o'nida, Xorvatiya terma jamoasi navbatdagi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan. Qatardagi jahon chempionati kelasi kalendar yilning noyabr-dekabr oylarida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200