Berardi A seriyaning boshqa klubiga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

“Sassuolo” hujumchisi Domeniko Berardi “Fiorentina”ga o'tishga yaqin turibdi. Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, klublar transfer summasi 30 million evroga kelishib olgan.
Hujumchining o'zi “binafsharanglar” lageriga o'tishga dastlabki rozilik bergan. U mavsumiga 3,5 million evro maosh bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolaydi.
27 yoshli italiyalik hujumchi va “Sassuolo” o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u A seriyada 11 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265