“Yuve” futbolchisi mashg'ulotlarga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida “Chelsi”ga qarshi o'ynay oladi. “Football Italia” nashri xabariga ko'ra, dushanba kuni Dibala “keksa sinora”ning umumiy guruhida mashg'ulot o'tkazgan.
Eslatib o'tamiz, Paulo Dibala shanba kuni “Yuventus”ning “Latsio”ga qarshi o'yinni (2:0) jarohat sabab o'tkazib yuborgan.
“Chelsi” – “Yuventus” uchrashuvi 23 noyabr seshanba kuni bo'lib o'tadi. Massimiliano Allegri shogirdlari Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277