Pedri Evropa superklubi qiziqishlari doirasiga tushgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

Bugun “Barselona” yarimhimoyachisi Pedri “Golden Boy” mukofotini olgani ma'lum bo'ldi. U 2021 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. O'sha kuni Pedri “Bavariya” qiziqishlari doirasiga tushgani haqida ma'lumot paydo bo'ldi.
AS nashri xabariga ko'ra, “Bavariya” o'z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirishga tayyor. Klub futbolchi uchun 80 million evro to'lamoqchi. Myunxenliklar Pedrining maoshini “Barselona”dagi hozirgi maoshiga nisbatan 4 barobar oshirishni taklif qilmoqchi.
Qayd etilishicha, Pedrining atrofidagilar “Bavariya” qiziqishlari haqida allaqachon bilishgan. Biroq bu transfer oson bo'lmaydi. Sababi, futbolchining shartnomasida tovon puli 1 milliard evro qilib belgilangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262