Rasman! Sautgeyt Angliya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

51 yoshli mutaxassis Garet Sautgeyt Angliya futbol federatsiyasi bilan yangi shartnoma imzoladi. Endi u Evro-2024 yakuniga qadar mamlakat bosh jamoasini boshqaradi, deb xabar beradi “Sky Sports”.
Yangi shartnomaga ko'ra, angliyalik mutaxassis har mavsumda 5 million maosh oladi, bu esa uni terma jamoa tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi murabbiyga aylantiradi.
Sautgeyt 2016 yilning sentyabridan beri Angliya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa JCh-2018da to'rtinchi, Evro-2020da ikkinchi o'rinni egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277