“Yuventus” futbolchisi ikki oyga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

“Yuventus” klubi matbuot ximati futbolchi Daniloning jarohati haqida ma'lumot berdi. Futbolchi shanba kuni A seriya dirasidagi “Latsio”ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Tekshiruv natijasida 30 yoshli braziliyalikda chap sonning qo'shimcha mushaklarining o'rtacha og'irlikdagi shikastlanishi aniqlangan. Daniloning tiklanishi uchun taxminan sakkiz hafta vaqt kerak bo'ladi, ya'ni u yanvar oyining o'rtalariga qadar maydonga tusha olmaydi.
2021/2022 yilgi mavsumda Danilo “Yuventus” safida barcha musobaqalarda 14 ta o'yin o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, shanba kuni “Yuventus” safarda “Latsio”ni 2:0 hisobida mag'lub etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278