Drogba Saloh haqida: “U mening barcha rekordlarimni yangilaydi”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Londonning “Chelsi” jamoasidagi muvaffaqiyatli o'yinlari bilan muxlislar xotirasida qolgan sobiq futbolchi Dide Drogba “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohning samarali o'yini haqida gapirdi.
“Agar Saloh xuddi shu ruhda o'ynashda davom etsa, u mening barcha rekordlarimni yangilaydi”, - deb fikr bildiradi sobiq futbolchi.
Drogba Angliya chempionati tarixidagi eng sermahsul afrikalik futbolchi bo'ldi. Yaqinda Muhammad Didening yutug'ini ortda qoldirdi. Misrlik futbolchi allaqachon 107 ta gol urgan bo'lsa, ivuarlik futbolchida 104 ta gol bor.
Shuningdek, Drogba Chempionlar ligasida gol urish bo'yicha afrikaliklar orasida peshqadam. U evrokuboklarda 44 ta gol urgan. Saloh hisobida Chempionlar ligasida 33 ta gol.

Bosh sahifaga
250