"Inter" Frantsiyadan hujumchi olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

"Lill" hujumchisi Jonatan Devid faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi "Telefoot".
Ma'lumotlarga ko'ra, milanliklar futbolchini o'tgan mavsumdan buyon kuzatib kelishadi. Qishki transferlar vaqtida "neradzurrilar" futbolchi uchun rasmiy taklif berishi kutilmoqda.
21 yoshli kanadalikning "Lill" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Devidning transfer qiymati hozirda 35 million evroni tashkil qiladi.
Joriy mavsum u Liga 1ning 14 o'yinida maydonga tushib, 10ta gol urdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246